35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Xalq dardi bilan yashash – deputatning bosh mezoni

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 14-"Bahoriston" saylov okrugidan saylangan deputat Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich hamda tuman Kengashi bosh mutaxassis B.Qurbonovlar tomonidan o‘z okrugi hududidagi fuqarolarning muammolari va murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

✅Ma’lumki, aholining bugungi kun kechimidan rozi bo‘lishi, ularni qiynayotgan masalalarga o‘z vaqtida va samarali yechim topish xalq vakillarining eng asosiy vazifalaridan biridir.

✅Deputat S.Jumayev navbatdagi o‘rganishlar davomida bevosita xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

✅Muloqotlar davomida aholi tomonidan infratuzilmani yaxshilash, kommunal sohalardagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijtimoiy yordamga oid bir qator masalalar o‘rtaga tashlandi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, muammolarning kelib chiqish sabablari joyida tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlariga ko‘ra:
✅Tezkor yechim topadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanilib, ijrosi joyida ta’minlandi.
✅Vaqt va mablag‘ talab etadigan muammolar yuzasidan tegishli davlat idoralari va mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi hamda deputatning shaxsiy nazoratiga olindi.

"Bizga bildirilgan ishonchni oqlash, har bir fuqaroning dardu tashvishi bilan yashash – biz deputatlarning nafaqat xizmat, balki vijdoniy burchimizdir," — deydi deputat Sirojiddin Jumayev.

Bandixon tumani Kengashi deputatlarining joylardagi bu kabi amaliy o‘rganishlari hudud rivoji va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2