35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi

 Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Parmonovaning Ulug‘nor tumanida 2026-yilning 6 oyi davomida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash choralari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi. Hisobotda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuchaytirish, xotin-qizlar
bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha ma'lumot berildi.
Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, manzilli ishlash tizimini takomillashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

  

  

   

Slide 1 of 4