35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati #qonun_19_1_modda #dolzarb_90_kun
#kengash_qarori_ijrosi_nazorati
#qonun_19_1_modda
#dolzarb_90_kun

Turon saylov okrugida “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-29-73-2-208-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan navbatdagi monitoring ishlari olib borildi.

Mazkur qaror ijrosini o‘rganish maqsadida kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan Turon saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
Monitoring davomida yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli to‘garaklar faoliyati hamda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Adolat MFY xotin-qizlar faoli tashabbusi bilan “Davraga kel, dugonajon!” shiori ostida mahalla qizlari o‘rtasida shashka sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra Donoxon Ravshanova, Dilroz Zavqiddinova hamda Safiya va Safina Saidovalar g‘olib deb topilib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga faol ishtiroklari uchun diplomlar topshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, yoshlarni sport va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalish deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilmoqda. Deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan muvofiqlashtirish va saylov okrugidagi ishlarni ta’minlash vazifalari deputat O. Jo‘rayeva hamda bosh mutaxassis I. Ikromov tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 6