Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

Nayman mahallasini o'rganish davomida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan O'zbekiston mahallalar uyushmasi Uchtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Laziz Yusupovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Uchtepa tumani Nayman mahallasi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, mahallada barpo etilayotgan yangi mahalla binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishilib, ko‘p qavatli uylar boshqaruvchilari bilan ham suhbatlashilgan.

📝 Suhbat davomida mahalla hududidagi 25-sonli ko‘p qavatli uy boshqaruvchisi G. Sh., 13A-sonli ko‘p qavatli uy boshqaruvchisi U. M. hamda 5-sonli ko‘p qavatli uy boshqaruvchisi G. H.lar tomonidan mazkur ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarning holati qoniqarsiz ekanligi, yo‘l qoplamasi mavjud emasligi sababli fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani hamda ushbu hududlarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash zarurligi yuzasidan fuqarolar murojaati bildirilgan.

📊 Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarning ayrim qismlari ta’mirtalab holatda ekani, bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlangan.

📝 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Nayman mahallasidagi 25-sonli, 13A-sonli va 5-sonli ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqishingizni, mazkur hududlarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqib, ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida mahalla jamg‘armasining 10 foizlik mablag‘lari hisobidan asfaltlashtirish masalasini ko‘rish hamda ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatda yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1