35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Deputat mahallada “Birlik” mahallasida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi

 “Birlik” mahallasida xotin-qizlarni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
 

Piskent tumanida mahalla xotin-qizlar
faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish
maqsadida monitoring tadbirlari davom etmoqda.
 

9-Birlik saylov okrugi deputati, Ekologiya
partiyasi guruhi a’zosi Sh.Fayziyevaning hududiga qarashli "Birlik"
mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
L.Iskandarov tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahallada
quyidagi ijobiy ishlar amalga oshirilgan:
 

🔹 “Ayollar daftari”: Hududdagi
154 nafar xotin-qiz ijtimoiy himoyaga muhtoj sifatida ro‘yxatga olinib, ularga
manzilli yordam ko‘rsatilmoqda.
🔹 Bandlik: 22 nafar
xotin-qizning bandligi ta’minlandi.
🔹 Tadbirkorlik: 4 nafar ayolga
o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun jami 91 million so‘m miqdorida
imtiyozli kreditlar ajratildi.
🔹 Ta’lim: Vazirlar Mahkamasining 402-sonli
qaroriga asosan, oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘mak
berildi.
🔹 Salomatlik: 60 nafar xotin-qiz tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazildi.
🔹 Huquqiy yordam: 7 nafar fuqaroga tuman
adliya bo‘limi tomonidan zarur huquqiy maslahatlar berildi.
 

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tizimli
ravishda nazoratga olingan.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)
 

Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw