Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
“Og‘ir” mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanning “Baymurzayev” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori asosida ushbu mahallada 2,5 km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 700 m piyodalar yo‘lagini qurish, 1 dona elektr transformatorini almashtirish, 4 km elеktr tarmoqlarini yangilash, 40 dona elektr stolbari o‘rnatish bo‘yicha ishlar bajarilishi belgilangan.

🔺O‘rganish davomida mahalla hududida piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yangi piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlarining sifati, belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muloqot qilindi.

🔺Shuningdek, mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlarini boshlash uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilayotgani, yo‘l asosini tayyorlash, qurilish texnikasi va materiallarini jalb etish hamda tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

🔺Kengash raisi mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbat davomida aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va mulohazalarni tinglab, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, har bir byudjet mablag‘ining maqsadli sarflanishi bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.

Slide 1 of 6