Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#huquqiy_axborot_soati #162_qonun
⏺Mazkur Qonun bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda har bir bolaning sog‘lom, xavfsiz va barkamol voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

💬Qonunning asosiy maqsadi:
🟢Bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🟢Bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash;
🟢Har bir bolaga teng imkoniyatlar yaratish;
🟢Bolalarning jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.

💬Bolaning asosiy huquqlari:
🟢Yashash, sog‘lom o‘sish va rivojlanish huquqi;
🟢Ism, familiya va fuqarolikka ega bo‘lish huquqi;
🟢Oilada yashash va tarbiya olish huquqi;
🟢Ta’lim olish huquqi;
🟢Sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish huquqi;
🟢Dam olish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish huquqi;
🟢O‘z fikrini erkin bildirish huquqi;
🟢Zo‘ravonlik va kamsitilishdan himoyalanish huquqi.

🏛️Davlat va jamiyatning vazifalari:
🟢 Bola huquqlarini himoya qilish;
🟢Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish;
🟢Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish;
🟢Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
🟢Bola manfaatlarini har qanday holatda ustuvor hisoblash.

👨‍👩‍👦Ota-onalarning asosiy majburiyatlari:
🟢Bolani tarbiyalash va kamol topishi uchun sharoit yaratish;
🟢Ta’lim olishini ta’minlash;
🟢Sog‘lig‘i va xavfsizligini asrash;
🟢Uning huquq va manfaatlarini hurmat qilish.

💬 Har bir bola mehr, e’tibor va himoyaga loyiq. Bola huquqlarini ta’minlash – davlat, jamiyat va har birimizning muhim burchimizdir. Farzandlar baxtli bo‘lsa, jamiyatimiz kelajagi ham porloq bo‘ladi.