Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA
янв.21
21-O‘G‘LON SAYLOV OKRUGIDA ICHKI KO‘CHALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
#tavsiyalar #qonunlar
#tavsiyalar
#qonunlar

Hududlarni barqaror rivojlantirish, aholi bandligini kengaytirish hamda “mahallabay” ishlash tizimining amaliy samaradorligini baholash maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov va kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Mirzo Ulug‘bek MFYda hokim yordamchisining joylardagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning real natijalari, xonadonlar darajasida bandlikni ta'minlash mexanizmlari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash amaliyoti, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda davlat dasturlari ijrosining hududiy samaradorligi tahlil etildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sifati, ichki resurslardan foydalanish darajasi hamda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan mas'ullar bilan ochiq muloqot olib borildi.

O'rganish yakunida mahallada ishlarni yanada natijador tashkil etish, har bir murojaat va tashabbusga manzilli yondashuvni kuchaytirish, aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | E-kengash
Slide 1 of 3