35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani Komil Yashin, Bog‘ibog‘iston hamda Shota Rustaveli ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Murojaatda mazkur hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmayotgani, transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida xavfli vaziyatlar ko‘payib borayotgani hamda bu holat fuqarolar, ayniqsa bolalar, keksalar va piyodalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etilgan.

🔎 O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mahalla aholisi Komil Yashin ko‘chasida o‘z mablag‘lari hisobidan amaldagi davlat standartlariga muvofiq rezina qoplamali sun’iy notekisliklar o‘rnatgan. Biroq 2026-yil may oyida ushbu sun’iy notekisliklar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib tashlangan. Natijada Komil Yashin va Bog‘ibog‘iston ko‘chalarida transport vositalarining tezligi oshib, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi keskin ortgani hamda mahalla aholisi o‘rtasida asosli xavotirlar yuzaga kelgani ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Vasila Alimova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilovdan Komil Yashin va Bog‘ibog‘iston ko‘chalarida O‘z DSt 3283:2019 talablari asosida sun’iy notekisliklar, zarur yo‘l belgilari hamda yo‘l chiziqlarini qayta o‘rnatish, Shota Rustaveli ko‘chasida transport harakatining 24/7 tartibi joriy etilgandan keyin yuzaga kelgan transport oqimining ichki mahalla ko‘chalariga ta’sirini kompleks o‘rganish hamda transport oqimini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha qayrilib olish joylari, tezlikni cheklash vositalari, piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi muhandislik inshootlari va zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

📋 Deputatlik so‘rovida amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qarorlar va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Vasila Alimova tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1