35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
Shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muloqot

📌 Shaharsozlik va hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muloqot

Oqdaryo tumanida hududlarni kompleks rivojlantirish, bosh reja va shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, qurilish va infratuzilma obyektlarini rejalashtirish masalalari yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tegishli tashkilotlarning mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Oqdaryo tumani Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan rejalashtirilayotgan va amalga oshirilgan ishlar;

Shaharsozlik hujjatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks dasturlar va tasdiqlangan yo‘l-xaritalari;

Hududlarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini amalga oshirish;

Qurilish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi, noqonuniy qurilishlarning oldini olish va obyektlarni foydalanishga topshirish jarayonida nazorat tadbirlari;

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy infratuzilma va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyihalar;

Mavjud muammolar, ularni bartaraf etish va kelgusidagi ustuvor rejalar.

🔹 Maqsad: Hududlarni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish, aholi punktlarining bosh rejasi ijrosini ta’minlash va hududlarning tartibli arxitektura qiyofasini shakllantirish.

Slide 1 of 4