Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
10-Xalqlar do‘stligi okrugidagi bolalar maydonchasi muammolari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 10-Xalqlar do‘stligi saylov okrugi deputati Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan saylov okrugi hududida olib borilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida Xalqlar do‘stligi mahallasi hududidagi bolalar maydonchasining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla binosi yonida joylashgan bolalar maydonchasi va avval futbol maydoni sifatida foydalanilgan hududning bugungi holati talab darajasida emasligi aniqlandi. Xususan, maydonning qarovsiz holga kelib qolgani, hudud shag‘al va toshlar bilan qoplangani, temir to‘siqlarning eskirgani hamda yaroqsiz holatga kelgani kuzatildi.

Mazkur holat bolalar va o‘smirlarning xavfsizligi, sog‘lig‘i hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun noqulay sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ular uchun xavfsiz infratuzilmani yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Hamrayev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda mazkur hududning texnik holatini o‘rganish, bolalar maydonchasini ta’mirlash, yaroqsiz holga kelgan to‘siqlarni yangilash, hududni obodonlashtirish hamda bolalar va yoshlar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Deputat so‘rovining ijrosi qonunchilikda belgilangan tartibda nazoratga olinadi.

Slide 1 of 7