Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🏫 Jumladan, Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan 41-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.

👥 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yoshlarni sport, fan, kasb-hunar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

💬 Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, yozgi ta’til davrida ularning bandligini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar “Dolzarb 90 kun” dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4