Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#162_ta_qonun 📌 Xodimlarning mehnat faoliyati davridagi huquqlari va manfaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurmuxamedov Ulug‘bek Erkinovichga O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–210, 2009-yil 16-aprel) ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifasi biriktirilgan.

Mazkur qonun xodimning mehnat faoliyati jarayonida hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetganda uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash hamda yetkazilgan zararning o‘z vaqtida qoplanishini ta’minlashga qaratilgan.

📝 Deputat tomonidan qonun va ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, tegishli tashkilotlar faoliyati tahlil qilinadi hamda qonunchilik talablarining amalda qo‘llanilishi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

🔍 Shuningdek, qonun ijrosi bo‘yicha savolnomalar ishlab chiqish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar kiritish rejalashtirilgan.

✅ Qonun ijrosi ustidan samarali nazorat o‘rnatilishi mehnat munosabatlarida xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ish joylarida xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda qonunchilik talablarining to‘liq bajarilishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1