Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#Ekspert_guruh Kengash huzuridagi Ekspert guruhining vazifalari nimalardan iborat?

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspert hamda maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlovchi jamoatchilik asosidagi tuzilma hisoblanadi.

Ekspert guruhining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

🔹 Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki o‘rganish;

🔹 Qaror loyihalarining qonunchilik talablariga mosligini tahlil qilish va takliflar berish;

🔹 Korrupsiyaviy omillar, ortiqcha ma’muriy to‘siqlar hamda boshqa salbiy holatlarni aniqlash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;

🔹 Kengash va doimiy komissiyalarning nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

🔹 Fuqarolar, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

🔹 Deputatlarning aholi bilan uchrashuvlari, sayyor qabullari va targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etish;

🔹 Hududiy dasturlar va loyihalar yuzasidan takliflar tayyorlash hamda ularning ijrosini tahlil qilish.

Ekspert guruhi faoliyati xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlarining puxta va sifatli ishlab chiqilishiga, deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishga hamda jamoatchilik manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1