Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#96_ta_qonun 📌 Yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi qonunchilik ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdurazzoqov Faxriddin Yoqubovichga O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–728, 2021-yil 15-noyabr) ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish vazifasi biriktirilgan.

Mazkur qonun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, yerga bo‘lgan mulk huquqini kafolatlash, mulkdorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

📝 Deputat tomonidan qonun va ushbu sohaga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi. Shuningdek, yer munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda Kengashga hisobdor tashkilotlar faoliyati tahlil qilinib, qonunchilik talablarining amalda qo‘llanilishi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshiriladi.

🔍 Qonun ijrosi doirasida yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarining shaffofligi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining yerga oid huquqlarini ta’minlash, sohaga oid davlat dasturlari va qarorlarining ijrosi yuzasidan o‘rganishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

✅ Mazkur qonun ijrosi ustidan samarali nazorat o‘rnatilishi yer munosabatlarida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash, mulk huquqining daxlsizligini mustahkamlash, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1