Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
#Kengash_qarori 📌 Ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalasi Kengash nazoratida


Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tumandagi ekologik holat, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiyada yuz minglab daraxt ko‘chatlari ekilgani, mahallalarda chiqindilarni olib chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda ko‘chat ekish ko‘rsatkichlari pastligi, daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al qazib olish hamda noqonuniy chiqindi tashlash holatlariga qarshi kurashni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Muhokamalar yakunida Kengashning tegishli qarori qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

📍 Qaror ijrosi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1