Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S.Ikromov bilan birgalikda Sabzipoya MFY hududida ichki sug‘orish kanallari va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi ichki kanallarning texnik holati, suv oqimining uzluksizligi hamda aholi tomorqa va ekin maydonlarini suv bilan ta’minlash darajasi ko‘zdan kechirildi. Tahlillar natijasida ichki kanallarning holati yaxshi ekanligi, suv ta’minoti barqaror yo‘lga qo‘yilgani va aholiga yetarli miqdorda suv yetkazib berilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilmaning samarali faoliyati hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

Hududlarda suv ta’minotining barqarorligini ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini muntazam nazorat qilib borish va aholining farovon turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5