Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Fuqaro murojaati asosida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Jumayeva, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov hamda Madaniy meros agentligining mas’ul xodimi U.Abduqodirov tomonidan muzeylar faoliyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan chiqqan fuqaro B.Po‘latov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, muzeylar faoliyati, eksponatlarni saqlash va madaniy meros obyektlarini asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, muzey ma’muriyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusidagi rejalar haqida tushuntirishlar berildi.

Muloqot yakunida fuqaro B.Po‘latov o‘zini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olganini, mazkur masala yuzasidan e’tirozlari mavjud emasligini ma’lum qildi hamda murojaatiga o‘z vaqtida e’tibor qaratilib, amaliy tushuntirish berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1