Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi.

🔺Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Xususan, ichimlik suvi ta’minotini va ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

🔺Shuningdek, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi S.Ashurov tomonidan ishsiz aholining bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlari tinglandi. Deputat tomonidan har bir murojaat ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2