Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
#96_ta_qonun 🎮 Qonun ijrosi o‘rganildi: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan Ishtixon tuman Yoshlar ishlari bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qonunning 5-moddasida yoshlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, ularning ma’naviy, intellektual va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, bandligini ta’minlash hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Samarqand viloyati hokimligining topshiriqlariga muvofiq yoshlar uchun yozgi ta’til mavsumini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Xususan, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, mahallalarda “Yozgi kasblar” to‘garaklari va “Intensiv kasb lagerlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek “Ibrat”, “Zakovat”, “Mutolaa” hamda “Ustoz AI” loyihalari doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi vazifalarning ijro holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar manfaatlarini ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3