Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi ✅
янв.21
Ibn Sino MFY hududidagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
🏫 32-sonli umumta’lim maktabidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oʻzbek MFYdagi 9-son maktabning qayta qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni

Hurmatli arxiv sohasi xodimlari va faxriylari!

Sizlarni 9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Arxivlar xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bebaho merosini asrab-avaylashda muhim o‘rin tutadi. Yurtimizning kechmishi, buguni va kelajagini bog‘lovchi noyob hujjatlarni saqlash, ularni ilmiy muomalaga kiritish hamda kelgusi avlodlarga yetkazishdek sharafli va mas’uliyatli vazifa aynan sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda arxiv ishini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarda sizlarning munosib hissangiz alohida e’tirofga loyiq.

Shu munosabat bilan barcha arxiv sohasi xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Slide 1 of 1