Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar Ziyokor MFYda istiqomat qiluvchi 90 yoshli nuroniy onaxon holidan xabar oldi.

Samimiy muloqot davomida onaxonning salomatligi, yashash sharoiti va uni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi. Suhbat chog‘ida uy-joyning kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammo uzoq yillardan buyon yechimini kutib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur masala Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev tomonidan nazoratga olinib, tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi. Natijada muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi va masalaning ijobiy yechim topishi uchun zarur ishlar boshlab yuborildi.

Onaxon o‘z murojaatiga e’tibor qaratilganidan mamnunligini bildirib, bildirilgan sa’y-harakatlar uchun minnatdorlik izhor etdi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3