35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Fuqaro murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan fuqaro murojaati qabul qilindi.

Murojaat davomida fuqaro tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish masalasi ko‘tarildi.

Fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga muvofiq, Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxat shakllantirilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, kotibiyat mudiri Gulzoda Xudoyarova tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining VII-25-48-3-49-K/26-sonli qarori qabul qilingani hamda belgilangan ishlar joriy yil davomida amalga oshirilishi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Slide 1 of 2