35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” tanlovi doirasida yoshlarga qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi

Zarbdor tumanidagi 1-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy mahorat milliy tanlovi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Gulzoda Xudoyarova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Tashpulatov tomonidan texnikum talaba-yoshlariga O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Alohida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, professional ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kasb-hunarga qiziqishini kuchaytirish hamda ularni tashabbuskor va faol yoshlar sifatida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni mehnatsevarlik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yosh kadrlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Slide 1 of 7