Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa hududidagi 23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Mazkur tibbiyot muassasasi orqali Yangiobod, Choshtepa va O‘klan qishloqlari hamda hududdagi jami 3 ta qishloqda istiqomat qiluvchi 3046 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

#96_qonun
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa hududidagi 23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Mazkur tibbiyot muassasasi orqali Yangiobod, Choshtepa  va O‘klan qishloqlari hamda hududdagi jami 3 ta qishloqda istiqomat qiluvchi 3046 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

O‘rganish davomida hududda 502 ta xonadon mavjudligi, shuningdek, 534 nafar fuqaro dispanser hisobida turishi ma’lum qilindi. Aholining salomatligini muhofaza qilish, xususan surunkali kasallikka chalingan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 128 nafar bemorga Reimbursatsiya dasturi asosida 28 turdagi bepul dori vositalari ajratilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minotini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3