Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlari — deputat va mutasaddilar e’tiborida

Xalq deputatlari Qo'qon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov saylov okrugi hududida joylashgan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig'inida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul jarayonini Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov olib bordi. Unda hudud aholisi tomonidan bildirilgan muammo va takliflar atroflicha o‘rganilib, murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan muhokamalar olib borildi.

Fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechim topish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida qabulda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi M.Toshboltayeva hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lashga imtiyozli kredit ajratish, aholini o‘zini-o‘zi band qilish va daromad manbalarini yaratish, shuningdek “Obod” mavzesidagi ichki ko‘chalarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Qabul yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududdagi dolzarb muammolarni amaliy hal etishda muhim аhamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3