Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ziyeda Rahimberganova “Saxovat” mahallasida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ziyeda Rahimberganova “Saxovat” mahallasida istiqomat qiluvchi yakka yolg‘iz, 2-guruh nogironi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Zevar Kenjayeva xonadonida bo‘ldi.
Tashrif davomida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi D. Jumaniyazova bilan birgalikda turmush o‘rtog‘i vafot etgan, hozirda hech qayerda ishlamaydigan Zevar Kenjayevaning yashash sharoiti o‘rganilib, samimiy muloqot olib borildi.
Uchrashuv davomida fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli masalalar kelishib olindi.
O‘z navbatida, Zevar Kenjayeva davlatimiz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yakka yolg‘iz keksalarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar uchun minnatdorlik bildirib, sog‘lig‘i hamda kundalik yumushlarida ko‘maklashayotgan ijtimoiy xodimlar va doimiy xabar olib turayotgan tuman Kengashi deputati Ziyeda Rahimberganovaga o‘z tashakkurini izhor etdi.