Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
Mahalladagi mavjud muammolar deputatlar nazorati ostida bartaraf etilmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan 26-mavze “Shirin” mahallasida hudud infratuzilmasi va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida tanqidiy o‘rganish ishlari olib borildi.

🗂 Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, hududdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilashga qaratildi.

🗣 O‘rganish davomida, avvalo, mahallada sanitariya va obodonlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi maydonlarining sanitariya holati, ko‘p qavatli uylar atrofi tozaligi hamda hududlarda ekologik muhitni yaxshilash masalalari ko‘zdan kechirildi.

🏢 Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, kirish qismlarining ta’mirtalab holati, yoritish tizimi, hududdagi tungi yoritgichlar faoliyati ham tanqidiy o‘rganildi. Ayrim hududlarda yoritish tizimi talab darajasida emasligi, ayrim yerto‘lalarda tozalik bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etildi.

⚽️ Mahalladagi bolalar maydonchalari, sport inshootlari va aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganilib, ayrim bolalar maydonchalaridagi jihozlar eskirgani, ta’mirtalab holga kelgani hamda hududda qurib qolgan daraxtlar mavjudligi aniqlanib, bu borada mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🏫 Bundan tashqari, hududdagi umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari, mavjud sport anjomlari hamda ularning bugungi holati yuzasidan ham fikr almashildi. Yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

💼 O‘rganish jarayonida mahallaga biriktirilgan boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari, mahalla raisi hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🔼 Ta’kidlanganidek, bunday o‘rganishlar hududlarda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish hamda fuqarolarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 9