Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
Yunusobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Yunusobod tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi va sanitariya holati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumanidagi 53-sonli hamda 255-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda xavfsizlik choralarining holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasalarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, yong‘in xavfsizligi, hudud obodonchiligi, tarbiyaviy jarayonlar hamda xodimlarning mehnat faoliyatiga oid qator kamchiliklar aniqlangan.

📌 Jumladan, 255-sonli DMTTda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sanitariya talablariga mos emasligi, go‘sht va sut mahsulotlari bir xil muzlatkichda saqlanayotgani, ayrim muzlatkichlar ishlamayotgani, issiq ovqat tayyorlash bo‘limida muzlatkich mavjud emasligi hamda kunlik namunalar olinmayotgani ma’lum bo‘ldi.

⚠️ Shuningdek, muassasa hududida asfalt qoplamasi nosozligi, yong‘in signalizatsiyasining ishlamasligi, o‘t o‘chirish vositalarining talab darajasida emasligi ham aniqlanib, xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📝 Tarbiyachilar va yordamchi xodimlar vakant o‘rinlari mavjudligi, ayrim guruhlarda kun tartibiga to‘liq amal qilinmayotgani, xodimlarning tashqi ko‘rinishi va sanitariya talablariga rioya etish holati qoniqarsiz ekani yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.

🏫 53-sonli DMTTda esa oziq-ovqat blokida muzlatkichlar yetishmasligi, ish jarayonlari noto‘g‘ri tashkil etilgani, hududni ko‘kalamzorlashtirish zarurligi hamda yong‘in xavfsizligi vositalari talab darajasida emasligi qayd etildi.

📁 Mazkur o‘rganishlar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari, xususan aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni joyida o‘rganish va bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muassasa mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10