Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida

Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "25-Qo‘rg‘on" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan tumandagi “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mas’ul rahbarlari, mahalla faollari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yilning I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, hududdagi dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📝 Xususan, mahalla hududida olib borilgan obodonlashtirish ishlari, ko‘chalarni asfaltlashtirish, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, bolalar maydonchalarini tashkil etish va ta’mirlash borasida chiqarilgan deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.

📇 Shuningdek, “Tepaqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi 1-A va 50A-uylar oldida bolalar maydonchasini barpo etish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarilgani, ushbu tashabbus asosida tuman Kengashi qarori bilan mazkur manzilga mablag‘ ajratilganligi fuqarolar tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi.

↗️ Uchrashuvda mahalla hududidagi 1-sonli bolalar sport maktabi hamda 340-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joriy yilgi “Open Budget” dasturiga kiritilgani ham ma’lum qilindi. Mazkur ikki loyiha doirasida 3 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgani, bu esa hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash va yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

💬 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi muammolarni tizimli hal etishda deputatlik faoliyatining muhim o‘rni yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Slide 1 of 4