Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 2-“Shalxar” saylov okrugidan saylangan deputat tomonidan “Shalxar” OFYda xotin-qizlar faoli faoliyati hamda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, bandligini ta’minlash, muammolarini bartaraf etish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Hududdagi asosiy ko‘rsatkichlar:
Jami xotin-qizlar soni — 629 nafar
“Ayollar daftari”ga kiritilganlar — 30 nafar

Shundan:
1-toifa — 6 nafar
2-toifa — 2 nafar
3-toifa — 0 nafar
4-toifa — 20 nafar
5-toifa — 2 nafar

Notinch oilalar — 2 ta
Janjalkash oilalar — 1 ta
Ajrim yoqasidagi oilalar — 2 ta
2026-yilda ajrim qayd etilgan oilalar — 1 ta
Migratsiyada bo‘lganlar — 1 nafar

Bandligi ta’minlangan xotin-qizlar — 4 nafar
Moddiy yordam ko‘rsatilganlar — 17 nafar
Himoya orderi berilganlar — 3 nafar

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish hamda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3