Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan Uchtepa tumani IIO FMB boshligʻi A.Baxramovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasining 9-bandiga muvofiq, yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish masalalari ustuvor vazifa etib belgilanganligi hamda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning sabablari hamda profilaktika ishlari samaradorligini chuqur o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi sababli quyidagi asosiy masalalar so'raldi:

✍️ yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar, ularning samaradorligi hamda mavjud muammolar haqida axborot berish;

✍️ aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot;

✍️ o‘rganish natijalari bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumotlar haqida belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3