Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
Saylovchilar bilan uchrashuv va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.SHerov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassisi R.Murodovlar hamkorligida “Qozoqon” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
✔️Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi murojaatlari, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ayniqsa jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, hudud profilaktika inspektori tomonidan mahalladagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar va oilalar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha hisobot taqdim etildi.
✔️Hisobot davomida mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
✔️Uchrashuv yakunida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilishi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5