Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
Chinoz tumani.Aholi bandligi masalalari o'rganildi

Aholi bandligi masalalari o'rganildi 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “O‘zXDP” partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat mudiri A. Baxramov hamda tuman hokim o‘rinbosari Sh.Nizamudinov bilan birgalikda, Kengash ish rejasiga asosan tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligi masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

📊 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan, 2026-yil aprel oyi rejasi doirasida 8 768 nafar aholi bandligi ta’minlangan bo‘lib, belgilangan reja 382,7 foizga bajarilgan.

📌 Aholini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yo‘nalishida 319 ta ish o‘rni yaratilgan va reja 103,2 foizga bajarilgan.

📌 Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga 615 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, reja 151,4 foizga bajarilgan.

📌 Aholi daromadlarini oshirish orqali bandlikni ta’minlash yo‘nalishida 7 804 ta natijaga erishilgan va reja 501,5 foizga bajarilgan.

💻 Yuqoridagilarga ko‘ra, joriy yil aprel oyi davomida tashkil etilgan 8 768 ta ish o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tashkilotlar tomonidan yangiish.mehnat.uz platformasiga to‘liq kiritilgan.

Slide 1 of 5