Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
Inson qadri va fuqarolar murojaatlariga e’tibor – amaliy ishlarda namoyon bo‘lmoqda
 Inson qadri va fuqarolar murojaatlariga e’tibor – amaliy ishlarda namoyon bo‘lmoqda

👍 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich tomonidan “Sharq Tongi” MFY hududida amalga oshirilgan bir qator ishlar fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi muammolarni joyida hal etish borasidagi tizimli ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

✍️ Avval xabar berilganidek, mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Askarov Komiljonning holidan xabar olinib, uning jismoniy imkoniyati cheklanganligi inobatga olinib, kundalik harakatlanishini yengillashtirish maqsadida nogironlar aravachasi taqdim etildi. Bu esa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarning yana bir namunasi bo‘ldi.
🚨 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov tomonidan Sharq Tongi MFY, Samarqand 4-o‘tish yo‘li 43-xonadondagi fuqaro Askarov Komiljon holidan xabar olindi.
✍️ Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi tomonidan “Sharq Tongi” mahallasida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi, hududdagi muammolar o‘rganildi hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Sayyor qabul davomida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa tegishli tartibda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
🚨 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich “Sharq Tongi” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi

📝 Sayyor qabul jarayonida ushbu xonadonda yashovchi fuqaro Yusupova Nargiza Yaxyayevna tomonidan xonadonida nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va doimiy daromad manbaini shakllantirish maqsadida tandir ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Murojaat atroflicha o‘rganilib, oilaning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, deputat tomonidan mazkur masala ijobiy hal etildi hamda fuqaro uchun tandir olib berildi.

Natijada, bugungi kunda fuqaro o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, halol mehnati orqali oila daromadini oshirish yo‘lida faoliyat yuritmoqda. Bu esa murojaatlar bilan ishlash nafaqat muammoni hal etish, balki fuqarolarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirishda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

📌 Ta’kidlash joizki, Kengash raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi muammolarni tizimli hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 5