Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
“Amu sohillari” mahallasidagi o‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda deputat G.Xudaykulova bevosita hududga chiqib, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

⏺ O‘rganishlar davomida mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar quyidagi yo‘nalishlar asosida tahlil qilindi:

▶️ “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududdagi profilaktika inspektorining aholi bilan ishlash tizimi ko‘zdan kechirildi.

▶️ Hududdagi jinoyat sodir etilishiga moyil bo‘lgan joylar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar muhokama qilindi.

▶️ “Mahalla yettiligi”, nuroniylar va hudud faollarining jamoat nazoratidagi ishtiroki, qo‘ni-qo‘shnichilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⏺Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirildi.

✔️Ushbu qonunda huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash davlat organlari hamda jamoatchilikning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

✔️ Shuningdek, qonunda mahallalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdagi muhim omil ekani alohida ta’kidlangan.

📌O‘rganish yakunida jamoat tartibini saqlashda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish, profilaktika inspektori hamda mahalla faollari hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 1