Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Aloqa va radio xodimlari kuni

 Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi nomidan aloqa, axborot texnologiyalari hamda radio sohasida sidqidildan, fidokorona mehnat qilayotgan barcha xodimlarni samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi taraqqiyot davrida aloqa va axborot texnologiyalari sohasi jamiyat rivoji, xalqimiz farovonligi hamda yurtimiz ravnaqida beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Sizlarning mas’uliyatli, sharafli va mashaqqatli mehnatingiz tufayli insonlar o‘rtasidagi masofalar yanada yaqinlashib, axborot almashinuvi tezkor, qulay va samarali tus olmoqda.

Yurtimizning raqamli taraqqiyoti, zamonaviy kommunikatsiyalar rivoji hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lida olib borayotgan ezgu faoliyatingiz tahsinga sazovordir.

Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi barcha soha fidoyilariga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, omad va zafarlar tilaydi!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!