Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi

Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi

🇺🇿 Bugun xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo'yicha doimiy komissiyaning "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining Uchtepa tumanida 2026-yilning birinchi chorakdagi ijrosi yuzasidan tuman prokuraturasining axboroti to‘g‘risida"gi masala ko‘rib chiqildi.

🇺🇿 Mazkur masala yuzasidan Uchtepa tumani prokurori o'rinbosari Muxiddinov Abdurasul Abduraxmonovich tomonidan axborot taqdim etildi. Axborotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining Uchtepa tumanida 2026-yilning birinchi chorakdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

🗣 Ma'lumotlarga ko'ra, Uchtepa tumanida 2026-yilning dastlabki 3 oyi holatiga qizil mahallalar mavjud emasligi, sariq toifadagi mahallalar 12 tani, yashil toifadagilari esa 48 tani tashkil qilayotganligi aniqlandi. Ushbu toifalarning yaxshilanishi tuman hududida xavfsizlik darajasini oshishi hamda manzilli profilaktika ishlarini tashkil etib borilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

💬 Doimiy komissiya raisi Abdurashid Abdushukurov hamda komissiya a’zolari — A.Xaydarov, G.Xamitova hamda O.Revtovlar axborotni tinglab, o‘z saylov okruglarida uchrayotgan muammolar va tumandagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Savol-javoblar jarayonida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

📱 Komissiya yig‘ilishi Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassislar U.Abilov va Z.Kuziyevalar ishtirok etdilar.

📝 Muhokamalar yakunida barcha deputatlar tomonidan mazkur masalani sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan bir ovozdan qaror qabul qilindi.

✅ Mazkur jarayon tuman mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholining hayoti va ‘tinchligini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8