Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Deputat A.Xolmo‘minov mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Deputat A.Xolmo‘minov mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

“Kunchiqish” MFY Telegram guruhida video chat orqali Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Xolmo‘minov mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda mahalla raisi Sh.Jumayev, nuroniy otaxonlar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida deputat tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Deputat A.Xolmo‘minov mahallaning yanada obod va farovon bo‘lishi yo‘lida aholi bilan doimiy muloqot va hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Muloqot yakunida mahalladagi muammolarni birgalikda hal etish, aholi farovonligini oshirish hamda hududni yanada ko‘rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#A_Xolmominov

Slide 1 of 2