Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Deputat so'rovi yuborildi

Deputat so'rovi yuborildi

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev tomonidan Qiziriq tumani 11-son umumta’lim maktabi sport zalining bugungi holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

⏺O‘rganishlar davomida mazkur maktab sport zali mukammal ta’mirtalab holatda ekani, bu esa o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, sport to‘garaklari faoliyatini yuritish hamda xavfsiz sharoit yaratishda qator muammolarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

⏺Shu munosabat bilan Qiziriq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga rasmiy deputat so‘rovi kiritilib, sport zalining texnik holati, uni kapital ta’mirlash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar, loyiha-smeta hujjatlari, mablag‘ ajratish masalalari hamda vaqtinchalik muqobil choralar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot so‘raldi.

⏺Deputat E.Hamroyev tomonidan mazkur masala nazoratga olinib, o‘quvchilar uchun munosib va xavfsiz sport sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#D_Sorov_E_Hamroyev

Slide 1 of 2