Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
♻️ Shovot tumanida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi

🟢 Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputati E. Dushamov, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan tumandagi “Zamondosh” va “Asavey” mahallalarida chiqindilarni yig‘ib olish jarayoni o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida hududlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, mahallalarda chiqindi konteynerlarining holati, maxsus texnikalarning harakati va xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

🔹 Mutasaddilar tomonidan hududlarda ekologik tozalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda chiqindilarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

🌱 Toza hudud — sog‘lom hayot garovi.

Slide 1 of 4