Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT AXBOROTI: 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI YAKUNLARI BO‘YICHA DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN BOBOHOJI MFY AHOLISIGA AXBOROT BERILDI
янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
Deputat mahallada

 DEPUTAT MAHALLADA:
IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT VA ISTIQBOLLI VAZIFALAR 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Allaberganov
Ulug‘bek Xasanovich Polvon mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi”
faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida hududda olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi
ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

Shuningdek, mahalla hokim yordamchisi S. Avazmuratov tomonidan 2026
yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Hisobotda yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni
qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish bo‘yicha olib
borilgan amaliy chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi. 

Deputat tomonidan
mahalladagi muammolarni tizimli hal etish, davlat dasturlari ijrosini samarali
tashkil qilish hamda aholining farovonligini oshirish borasida tegishli tavsiya
va topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 1