Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Mahalla yoshlari oʻrtasida yengil atletika musobaqalari oʻtkazildi

Mahalla yoshlari oʻrtasida yengil atletika musobaqalari oʻtkazildi

Joriy yilning 22-aprel kuni "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlarni sportga keng jalb etish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati T.Berdiyarova, tuman yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh.Omonov hamda mahalla yoshlar yetakchisilari ishtirokida 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa tafsilotlari:

Ishtirokchilar: "Amir Temur" va "Qoraxon" mahalla yoshlari;

Yo‘nalish: Yengil atletika, Fudbol;

Maqsad: "Besh tashabbus olimpiadasi"ning quyi bosqich g‘oliblarini aniqlash.

Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar faxrli o‘rinlarni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Yoshlar o‘rtasida sport tadbirlari davom etmoqda.

Slide 1 of 6