Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobod tumanida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan “Oltinvoha” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Har bir murojaat individual tarzda o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

📋 Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, obodonlashtirish ishlari hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🤝 Bunday uchrashuvlar aholining dardini tinglash, muammolarni joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5