Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq navbatdagi 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ilhomov Muxtar Atxamovich, tuman deputatlari, tegishli idoralar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" a'zolari ishtirok etdi.

  🏛 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mazkur sessiyasida:

🔺 2026-yil I chorak davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

✍️ Toshkent shahar Uchtepa tumani mahalliy byudjetining 2026-yil I chorak yakunlari ijrosi to‘g‘risida;

✍️ Tashabbusli byudjet dasturi doirasida deputat tashabbusi loyihasi sifatida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida;

🔺 Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

✍️ Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida kalendar-rejaga kiritilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

 Deputatlar mazkur masalalarni keng muhokama qilib, tegishli qarorlarni qabul qilishdi.

Slide 1 of 8