Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va partiya vakillari ishtirokida Deycha MFY faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi

Bog‘iston MFYda piyodalar yo‘lagi muammosi - deputat aralashuvi bilan vaziyat nazoratga olindi

 🇺🇿 Uchtepa tumani “Bog‘iston” mahallasi hududida yuzaga kelgan muammo deputat aralashuvi orqali o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Anvar Usmanovga mahalla raisi tomonidan rasmiy murojaat yo‘llandi.

 📝 Murojaatda qayd etilishicha, “Bog‘iston” mahallasi hududida 52 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, ularda 2 733 ta xonadon va qariyb 8 450 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabida esa hozirgi kunda 1 759 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

 ⚠️ Muammo maktabga tutash hududda, 25-sonli oilaviy poliklinika yonida “EL YURT BUILDINGS” MChJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan bog‘liq. Qurilish tashkiloti tomonidan tegishli tartib-qoidalarga rioya etilmagan holda, maktab devori va piyodalar yo‘lagi oralig‘i kavlab tashlangan, natijada tuproq va qurilish chiqindilari yo‘lakka chiqarib yuborilgan. Bu esa maktab o‘quvchilari, ularning ota-onalari hamda ushbu yo‘lakdan foydalanuvchi fuqarolar uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirmoqda.

 🔺 Mahalla faollari tomonidan mazkur tashkilot vakillariga bir necha bor murojaat qilinganiga qaramasdan, muammo e’tiborsiz qoldirilgan. Shundan so‘ng masala deputat tomonidan nazoratga olinib, joyiga chiqib o‘rganildi.

 💼 O‘rganish jarayonida deputat Anvar Usmanovga Uchtepa tumani hokimining qurilish va to‘siqlarsiz muhit yaratish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nurali Ismatov hamrohlik qildi. Holat joyida ko‘zdan kechirilib, murojaatda keltirilgan barcha kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topdi.

 📊 Shu yerning o‘zida qurilish tashkiloti rahbari chaqirtirilib, piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakni ikki kun muddatda avvalgi holatiga keltirish bo‘yicha qat’iy talab qo‘yildi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilib, masala to‘liq hal etilgunga qadar deputat tomonidan doimiy monitoring olib borilishi bildirildi.

 📁 Mazkur holat yana bir bor hududlarda olib borilayotgan qurilish ishlari ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Fuqarolar xavfsizligi va qulayligini ta’minlash esa har qanday qurilish jarayonining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi shart.

Slide 1 of 5