Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Peshku tuman Navoiy mahallasida mahalla "yettiligi" faoliyati deputatlar tomonidan kompleks o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari nazorat qilindi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ta’lim sifati va sharoitlar deputatlar nazoratida
янв.21
Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasidagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Kengash faoliyati

 Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi
kotibiyati mutasaddilari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan o‘rganish ishlari
doirasida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Kotibiyat mudiri Madhiya Nishanova hamda mutaxassislar o‘tkir Abduqodirov, Gulruh
Erkinova ishtirokida o‘tkazilgan mazkur o‘rganish mahalliy Kengashlarning nazorat
funksiyalarini amalda ta’minlash, qabul qilingan qarorlar ijrosini joylarda baholash
hamda aholi manfaatlariga xizmat qilayotgan tizim samaradorligini oshirishga qaratildi.
 

O‘rganish jarayonida, avvalo, ijtimoiy
himoya yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Bugungi kunda mahallalarda
3250 nafar xotin-qiz «Ayollar daftari»ga kiritilgan bo‘lib, ularga manzilli yordam
ko‘rsatish chora-tadbirlari izchil olib borilayotgani qayd etildi. Bu esa davlat
tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi siyosat
joylarda qanday amalga oshirilayotganini namoyon etadi. Shu bilan birga, mazkur
jarayon ustidan Kengash nazoratini kuchaytirish, yordamning manzilliligi va samaradorligini
ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Oila mustahkamligini ta’minlash masalasi
ham o‘rganish markazida bo‘ldi. Hududda ajrim yoqasidagi 81 ta oila va notinch toifaga
kiritilgan 81 ta oila bilan yakka tartibda tushuntirish va yarashtirish ishlari
olib borilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar nafaqat oilalarni
saqlab qolish, balki jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat
kasb etadi. Kengash mutasaddilari tomonidan ushbu jarayonlarning tizimliligi va
natijadorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar zarurligi ta’kidlandi.
 

Shuningdek, profilaktika yo‘nalishidagi
ishlar ham tahlil qilindi. Probatsiya nazoratida bo‘lgan 15 nafar ayolning ijtimoiy
moslashuvi, ularni bandlikka jalb etish va jamiyatga qayta integratsiya qilish masalalari
doimiy e’tiborda ekani qayd etildi. Bu borada mahalliy Kengashning nazorat funksiyasi
nafaqat holatni o‘rganish, balki aniq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar
ishlab chiqish va ijrosini ta’minlashdan iborat ekani alohida urg‘u bilan qayd etildi.
 

Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengashlarning
joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ustidan samarali parlament nazoratini amalga
oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy maqsad — xotin-qizlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda sog‘lom oilaviy
muhitni mustahkamlashdan
  

Slide 1 of 1