Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
📌 DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI! MUAMMO VA YECHIM: NAVRO‘Z MAHALLASIDAGI YO‘LLAR NAZORATGA OLINDI!

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.  

Navbatdagi sayyor qabul davomida “Navro‘z” mahallasi aholisidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq asosli e’tirozlar kelib tushdi. O‘rganish natijasida mahalladagi ichki yo‘llarning holuti talabga javob bermasligi, xususan, “Shifokorlar” ko‘chasi 1-yo‘lakning 700 metr, 5-yo‘lakning 600 metr, 6-yo‘lakning 1 200 metr qismi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi. 

Ushbu jami 2,5 kilometrlik yo‘l qatnov qismini ta’mirlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi. Hozirda mazkur yo‘llarni joriy yoki kapital ta’mirlash dasturlariga kiritish bo‘yicha Urganch shahar hokimi o‘rinbosariga deputat so‘rovi chiqarildi.  

Ushbu masala ijrosi deputat nazoratiga olindi.