Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputati S.Jamanchayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Imomov tomonidan “So'sana” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar ishtirokida Mahalla yettiligi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Davlatov tomonidan tumandagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati yaqindan o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
deputat_qabuli
янв.21
Tuman hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

#deputatlik_nazorati #deputatlik_faoliyati  

❗️Hudud muammolari joyida ko‘rib chiqilib, tizimli yechimlar belgilandi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarvar Irgashev hamda Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov bilan birgalikda Toshkent shahar Kengashi 19-Shirin saylov okrugi deputati Akbarxon Sobirxonov hamda tuman Kengashi 24-Shirin okrugi deputati Shahnoza Mustafayevaning okrugida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

 📝 Jarayon davomida deputatlar tomonidan “Zargarlik” mahallasida olib borilayotgan ishlar, mahalla tizimi va “mahalla yettiligi” faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektoridan iborat tizimning o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini aniqlash va hal etishdagi roli alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

 🇺🇿 Shuningdek, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" faoliyati muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 📊 O‘rganishlar Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilib, hududdagi infratuzilma, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya, yoshlar bandligi, obodonlashtirish va boshqa dolzarb masalalar tahlil qilindi.

 ⚠️ Aniqlangan muammolar yuzasidan ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ijrosini qat’iy nazoratga olish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, mahalla yettiligi va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 🔼 Yakunda mahalla tizimini mustahkamlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish orqali hududlarda mavjud muammolarni tezkor va tizimli hal etish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Slide 1 of 2