Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi nazoratda
янв.21
Kengash doimiy komissiyalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mahalladagi mas’ullar faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat qabuli
янв.21
Peshku tumanida ta’lim sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Peshku tumanida FHDYO organlari xizmat ko'rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-O‘g‘lon saylov okrugidan saylangan deputat Boboyev Mustafo Tolibovich, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Imomovlar ishtirokida 23-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Deputat hududlarda
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.